Soʻngi yillarda Turkiya davlatining Turk standartlari instituti (TSE) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengayib, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi.
Albatta bu hamkorlik milliy sifat infratuzilmasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, takomillashtirishga imkoniyat yaratmoqda.
Bugun OʻzTTSA da Turk standartlari instituti prezidenti Adam Shaxin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, ikki mamlakat oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, shuningdek moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Mehmonlar Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining laboratoriyalari faoliyati va Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalar texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar.
Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Turk ekspertlari tomonidan eʼtirof etildi.
Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan hamkorlik dasturi imzolandi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi