Agentlik huzuridagi tashkilotlarning Navoiy viloyat filiallari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 272 ta tadbirkorlik subyektlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun buzilishi oldini olish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda 140 ta tadbirkorlarga 240 ta standartlar va texnik reglamentlar bilan taʼminlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi. Bundan tashqari, mahsulotlarning ishlab chiqarishda sertifikatlashtirish yuzasidan 77 ta tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, viloyatdagi eksportyor korxonalarga eksport qilish jarayonida chet davlatlarning talablarini yetkazish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Viloyatda hozirgi kunga qadar 556 ta korxonalarga sifat menejment tizimlari joriy etildi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilayotgan korxonalarga koʻmaklashish, xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha 32 ta korxonalarning manzilli dasturi tasdiqlandi.