Mamlakatimizda eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali xalqaro standartlar joriy etish, SE markirovkasi va xalqaro ISO sertifikatlarni olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Yashnobod tumanidagi joylashgan “Quality Farm” korxonasida ISO 13485 va SE markirovkasini joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda korxonaga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.
Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi