Agentlik tizim tashkilotlarining hududiy filiallari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi viloyat boʻlimlari bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Hayot davomida oʻqish” loyihasi doirasida seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida oʻtkazildi. Seminarda kutubxona ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari L.Botirova ishtirokchilarni kutubxona faoliyati, fondi va seminardan koʻzlangan maqsad bilan tanishtirdi.
Oʻz oʻrnida, Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi N.Mamadaliyeva Agentlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy filiallarida tashkil etilgan idoraviy kutubxonalar faoliyati, hududiy filiallarning hamkorlik qilayotgan Axborot-resurs markazlari haqida maʼlumot berib, tizimida xodimlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish yoʻlida qilinayotgan ishlar, tashkil etilayotgan kitob savdo yarmarkalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, filial xodimlari tomonidan tayyorlab kelingan “Ona tilim – jonu dilim”, “Kitobim - oftobim” kompozitsiyalari namoyish etildi.
Seminardan soʻng filiallar xodimlari kutubxona fondi bilan tanishdilar.