OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti Oʻzbekiston milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston standartlar institutining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi olib borilayotgan izchil islohotlar va amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani oʻz ishini boshladi.
Institutda joriy qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqligini baholash maqsadida ekspertlar tomonidan 2021-yilning dekabr oyida birinchi audit oʻtkazildi. Audit natijalari boʻyicha tegishli auditor tomonidan bir qator tavsiyalar berildi va ushbu tavsiyalarni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
2022-yilning aprel-may oylarida “Pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimlarini” (ISO 37001:2016) joriy etish boʻyicha Institutning Malaka oshirish markazida xodimlarni oʻqitish rejalashtirilgan. Hozirgacha Oʻzbekiston standartlar institutining 20 nafar xodimi mazkur standart boʻyicha oʻqitildi.
CERT Internatonal (Slovakiya) tashkiloti tomonidan 2022-yilning mart oyida Institutda ISO 37001:2016 standarti asosida joriy etilgan tizimni xalqaro normalarga muvofiqligini baholash maqsadida audit oʻtkazildi.
Shuningdek tadbirda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida jurnalistlarga batafsil maʼlumotlar berildi.