Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax viloyati hududiy filiali masʼullari tomonidan viloyatidagi eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni olish va keng joriy etish yuzasidan targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Hozirgi kunda “Betliz tekstel” sanoat korxonasi tayyor trikotaj mahsulotlarini Turkiya davlatiga eksport qilmoqda, “Zarbdor universal logistik” korxonasi esa, pomidor mahsulotini Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda.
Filial xodimlarining tizimli yordamlari natijasida mazkur korxonalarning eksport imkoniyatlari sezilarli darajada kengayib bormoqda.