Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring oʻtkazildi.
Oʻrganish natijalari shuni koʻrsatdiki, markazda lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritishga toʻliq oʻtilgan. Atamalar, tashkilot, boʻlimlar, laboratoriyalarning nomlari, peshlavhalar, eʼlonlar, shuningdek idoraviy ish qogʻozlar, turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash boʻyicha belgilangan topshiriq ijrosi taʼminlangan.
Shuningdek, markazda “Maʼnaviyat-maʼrifat xonasi” va idoraviy kutubxona tashkil etilgan. Kirish joyida murojaatchilar uchun ham alohida “Maʼnaviyat burchagi” tashkil etilgan boʻlib, gazeta va jurnallar, qiziqarli adabiyotlar bilan taʼminlangan boʻlib, xodimlarning kiyinish madaniyatiga rioya qilgan holda xizmat vazifasini bajaryapti.
Monitoring jarayonida markaz rahbariyati, sertifikatlashtirish idoralari rahbar va xodimlari bilan suhbat oʻtkazildi. 2023-yil 1-yanvardan davlat tilida ish yuritish toʻliq lotin alifbosiga oʻtilishi munosabati bilan xodimlarning lotin alifbosida ish yuritishga oʻrganishlari boʻyicha ishlarni jadallashtirilishi, lotin alifbosida ishlashga qiynalayotgan katta avlod vakillari bilan tizimli ishlar olib borish, qoʻshimcha onlayn va offlayn oʻquv kurslarini tashkil etish, yoshlarni katta avlod bilan lotin alifbosida ish yuritishlariga amaliy yordam berishlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tomonidan nashr qilingan “Davlat tilida ish yuritish” nomli kitob va boshqa ijtimoiy-siyosiy mazmundagi adabiyotlar foydalanish uchun sovgʻa qilindi.