Jizzax viloyatida oʻtkazilgan "Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va talabalar bandligini taʼminlash mehnat yarmarkasi"da "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Jizzax filiali masʼullari ishtirok etdi.
"Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash chora-tadbirlari boʻyicha Yoʻl xaritasi"ning ijrosini taʼminlash maqsadida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va kelajakda ishga joylashish jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda yakuniy bosqich talabalari bilan filial mutaxassislari tomonidan suhbatlar olib bordi.
Shuningdek, jarayon davomida sohada ish faoliyatini olib borishni istagan ilmga intiluvchan bitiruvchilar saralab olinib, xalqaro andozalarga mos ravishda jihozlangan zamonaviy sinov laboratoriyalariga ishga taklif etildi.