Korxona, tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchi mutaxassislar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda Sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 298-sonli, 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va “2017 yilda SMSITIda tashkilotlar va korxonalar rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish Reja-jadvali”ga muvofiq 2017 yilning 16 yanvaridan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ikki haftalik (80 soat) malaka oshirish kurslari tashkillashtiradi:
-Sanoatda texnik nazoratni o‘tkazishni tashkillashtirish;
-Menejment tizimini sertifkatlashtirish.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga o‘rnatilgan namunada serifikat va guvohnoma beriladi.
Kurslarda o‘qish masalalari bo‘yicha SMSITI Malaka oshirish markaziga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: (0371) 250-12-63, 253-85-26, 253-80-81, 250-22-23.
Reja jadvali; yuklab olish uchun