Ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, 2022−2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022-yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln soʻm va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.
Mazkur Taraqqiyot strategiyasida xar bir sohani rivojlantirish uchun aniq maqsad va vazifalarni belgilab bergan.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Oʻzbekiston standartlar instituti hamkorligida Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi mutaxassislari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Unda davlatimiz rahbarining «2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning strategiyasi toʻgʻrisida»gi farmonining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi.
Shu bilan bilan birga soha yoʻnalishiga qoʻyilgan vazifalar, navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, halqaro munosabatlarda olib borilayotgan ishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalar shakllantirildi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi