Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode va Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi delegatsiya Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻldi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatlarimiz oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, shuningdek moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish soha yoʻnalishlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarga grantlarni jalb etish masalalari  muhokama qilindi.

GLOBAL G.A.P standartini joriy etish, shuningdek   “TUV NORD BALTIK” va  SIA “Baltic CG” muvofiqlikni baholash idoralari bilan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilgani qayd etildi. Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalarning texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Latviya Milliy metrologiya markazi ekspertlari tomonidan  eʼtirof qilindi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

 
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi