Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Tizimda davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi va sertifikatlash sohasida korrupsiyani oldini olish borasidagi ishlari" mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
Anjumanda Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat Dasturiga muvofiq amalga oshirilgan qator chora-tadbirlari hamda Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi"davlat muassasasi faoliyati xususida soʻz yuritildi.
Jumladan, Respublikamiz sanoat korxonalarining faoliyatini oʻrganish hamda ularga texnik jihatdan tartibga solish sohalari yuzasidan zarur amaliy yordamlar berish, investitsiya dasturi asosida 2022-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda eksportyor korxonalarga sohaga doir masalalar boʻyicha xizmat koʻrsatishni takomillashtirish borasidagi ishlar alohida qayd etib oʻtildi.