Prezidentimiz tomonidan tuman markazlari hamda aholi yashash manzillarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasiga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida daraxt va buta koʻchatlari ekish ishlari davom etmoqda. Tashabbuslar, hamda mamlakatimizning ekologik holatni yaxshilashga munosib hissa qoʻshish maqsadida, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktor maslahatchisi Noibaxon Mamadaliyeva hamda agentlikning Qoraqalpogʻistondagi hududiy filiali vakillari hamkorligida manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.