Agentlik va Xorazm viloyat hududiy filiallar xodimlari hamda jurnalistlar ishtirokida “Taraqqiyot strategiyasi – Yangi Oʻzbekiston tarixida yangi sahifa” mavzusida marifiy tadbirda maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish va lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish, yil nomidan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
Shuningdek uchrashuvda Urganch Davlat Universiteti kafedra mudiri U. Matyoqubov, Urganch shahar Bosh imom xatibi H. Kenjayev hamda shoir va nosir Qurbon Muhammadrizo ishtirok etib, belgilangan mavzular yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuvda Agentlik Bosh direktorining maslahatchilari N. Mamadaliyeva va A Rasulov ishtirok etib, hududiy boʻlinmalar faoliyatida marifiy uchrashuvlarni tizimli tashkil etish, tizimda shaffoflikni taminlash, davlat tilida ish yuritish hamda OAV xodimlari bilan hamkorlikda yangi koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil etish muhimligi haqida gapirdilar