Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktor maslaxatchilari Agentlik tizim tashkilotlarining Xorazm filiallari hamkorligida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan Urganchda joylashgan “Bobur” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldilar.
Besh ming aholini oʻzida jamlagan mazkur mahalla faoliyati bilan mahalla raisi G.Aminova tanishtirib, mahallada shu kunlardagi oʻzgarishlar, bir yarim ming oilalardan vaqtida xabar olinayotganligi, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik borasida ham aholiga yordam berilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahallada yashovchi nuroniy Q.Qilicheva va N.Matrasulovalar holidan xabar olib, keksalar duosini oldilar.