Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimi barcha xodimlari uchun xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish masalalari” mavzusida onlayn amaliy seminarda tashkil etildi.
Seminarda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti M.Saparniyozova “Lotin alifbosida imlo qoidalari”, “Tinish belgilarining ishlatilishi” mavzularida taqdimot bilan ishtirok etdi.
Shunisi muhimki, seminarning onlayn tashkil etilgan boʻlsa ham, interaktiv tarzda olib borildi. Imlo qoidalari va tiniy belgilarini ishlatish boʻyicha maʼruzachi tomonian ishtirokchilarga misollar berildi va natijalari tahlil qilindi. Seminarda hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, oʻzbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini maʼlum darajada tasavvur etish zarurligi, har bir xodim faoliyati davomida ish qogʻozlarini tuzishda oʻzbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari yuzasidan maʼlum malakaga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirda ona tili shunchaki soʻzlashuv vositasi emas, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi ekan va bu kabi tadbirlarni hududiy boshqarmalarda ham davom ettirish lozimligi haqida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.