Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari Chirchiq shahrida joylashgan “A.B. BIOKOM” “PRIMA TEKSTIL”, “EKSPO KLAYEN” eksportyor korxonalarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muaʼmmolarni oʻrgandilar.
Tadbir davomida korxona vakillari bilan suhbat qilinib, sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi, hamda mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida davlat tiliga eʼtibor qaratish yuzasidan tushuntirishlar berildi.