Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari Chirchiq shahrida joylashgan “AʼLO MAHSULOT”, “LUKBO TEKSTIL” va “MINOS KLEAR” eksporter korxonalarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud muammolarini oʻrgandilar.
Tadbir davomida korxona masʼullariga sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda atashkil etish zarurligi, hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.