HBIni faollashtirish qoʻyidagi maqsadlarga ega:
➡️Fargʻona vodiysida qishloq xoʻjaligi korxonalarini iqtisodiyotning yangi tarmoqlariga jalb etish;
➡️Fargʻona vodiysining iqtisodiy salohiyati va bandlik imkoniyatlari, qishloq tadbirkorlari uchun iqtisodiy oʻsishga erishish yoʻllarini yoritish;
➡️Respublikada qishloq tadbirkorligini keng joriy etish;
➡️Mahalliy kompaniyalarning ishlab chiqarish hajmini respublika va xalqaro savdo maydonchalariga kengaytirishga koʻmaklashish;
➡️Yuqori salohiyatli tarmoqlardagi (agrar, oziq-ovqat, turizm, toʻqimachilik/tikuvchilik sanoati, kichik ishlab chiqarish) mikrofirma va kichik korxonalarning moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisida tadbirkorlarning xabardorligini oshirish