Mamlakatimiz taʼlim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilib,  yetuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashga  eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzbek-Turk Test Markazi” qoʻshma korxonasi “Sifat menejment tizimi”ni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan oʻtkazilgan audit natijalariga asosan, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisod fakulteti”ning “Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash” sohasida joriy etilgan sifat menedjmenti tizimi ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga javob berishi tasdiqlandi.

Universitetiga berilgan sertifikat taʼlim sohasini yanada rivojlantirishga imkon beradi, olingan natijalar har yili tashqi auditorlar tomonidan baholab boriladi.

Shu bilan birga, “Oʻzbek-Turk Test Markazi” qoʻshma korxonasining “Sifat menejment tizimi”ni sertifikatlashtirish idorasi Xalqaro akkreditlash forumi (IAF) (www.iaf.nu) aʼzosi Turkiya akkreditlash tashkiloti (TURKAK) (turkak.org.tr) tomonidan akkreditlangan boʻlib,bu oʻz navbatida berilgan sertifikatlarni halqaro miqyosida tan olinishini taʼminlaydi.