OAV xodimlari va keng jamoatchilikka Agentlik va uning tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi faoliyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorati xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi. Unda masʼullar Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimiga masʼul boʻlgan Markazning yangi “Yuridik koʻmaklashish va komplayens nazorat” boʻlimi tashkil etilgani, shuningdek, markazda ISO 37001:2016 Xalqaro standartini joriy etish maqsadida alohida ishchi guruhi tashkil etilib, ISO 37001:2016 standarti boʻyicha xorijiy ekspertlar tomonidan onlayn oʻquv-seminarlari oʻtkazilgani hamda axborot xavfsizligi talablarini bajarish majburiyatlarining shakli yangi tahrirda qabul qilingani aytildi.
Matbuot anjumani soʻngida jurnalistlarning koʻplab savollariga javob qaytarildi.