Turkiya davlatining TÜRKAK, TÜBİTAK UME, TSE  idoralari bilan standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida hamkorlik koʻlami kengaytirilib, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga olib chiqildi.

Albatta bu hamkorlik  milliy sifat infratuzilmasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, takomillashtirishga imkoniyat yaratmoqda.

Turkiya tijorat vazirligi va Turkiya Standartlari Instituti (TSE) ekspertlari ishtirokida  Agentlik tizimidagi Departament  xodimlari uchun “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish xamda texnik jixatdan tartibga solishda davlat nazorati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda Turkiyalik ekspertlar tomonidan texnik jihatdan tartibga olish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilinishinida Turkiya tajribasi boʻyicha toʻlaqonli maʼlumot berilib, sohaga malakali ekspertlarni jalb etish masalalarida kelishib olindi.

Tadbir yakuniga koʻra, islohotlar borasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

 
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi