Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali xodimlari Buxoro shahridagi “Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi hamda “Ismoil Somoniy” maqbarasida boʻlib, xodimlar muzey va maqbaraga tegishli maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar va maʼnaviy ozuqa oldilar.
Albatta, bunday madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar xodimlar qalbida Ona-Vatan tarixiga hurmat tuygʻularini shaklantirishga yordam beradi.