Bugun Toshkentdagi Turin politexnika universitetida Germaniyaning “Hexagon Manufacturing Intelligence” kompaniyasi tomonidan “Ishlab chiqarishda metrologik taʼminot” mavzusida 4.0- Industriya forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forumda kompaniya tomonidan elektrotexnika, aviyasozlik, qurilish, mashinasozlik sohalarida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda, oʻlchash va sinash laboratoriyalarida qoʻllaniladigan eng zamonaviy oʻlchash vositalari hamda kontaktli va lazerli skaner qurilmalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Forum soʻngida, kompaniya mutaxassislari bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va kompaniya oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr- mulohazalar almashilindi.