Prezident raisligida joriy yilning 11-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston standartlar instituti va “UzTest” markazi maʼsullari Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi vakillari bilan bir qancha tadbirlarni oʻtkazish rejasi ishlab chiqildi.
Unga koʻra 1-mayga qadar har bir viloyatdagi Loyiha ofislari huzurida kamida ikkitadan xalqaro standartlarni oʻrgatish markazlarini tashkil etish yuzasidan palata vakillari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportyor korxonalar va investisiya loyihalar asosida yangidan tashkil etilayotgan korxonalar vakillarini mahalliy sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlarni tashkil etish rejalashtirib olindi.