OʻzTTSA tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali tomonidan joriy yilda kalibrlash ishlarini tashkil etish va kalibrlash xizmatlarini Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 talablariga asosan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan oʻtkazish maqsadida, filialda zamon talablarini mos ravishda 3 xonadan iborat jami 200 m² boʻlgan kalibrlash laboratoriyasi taʼmirlash ishlashi yakunlandi va namunaviy oʻlchov vositalari bilan taʼminlandi.
Filial tomonidan viloyatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan keltiriladigan uskunalar hamda oʻlchov vositalarini deslokatsiyalar oʻrganilib, qoʻshimcha 2 ta yangi tur (Bosim hamda kuch va qattiqlik) oʻlchashlar yoʻnalishidagi oʻlchov vositalarni oʻzlashtirish boʻyicha Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 talablariga asosan xalqaro akkreditatsiya idorasi Alok Jain – otsenщik APAC (17025 calibration) kuzatuv nazorati ostida Akkreditatsiya markazi mutaxassislari tomonidan birlamchi baholash auditi oʻtkazildi.