Bugun Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Fargʻona filialida maʼnaviyat va maʼrifat soati tashkil etilib, unda 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-746-sonli Qonunini oʻrganildi.
Uchrashuvda IHHJF Fargʻona hududiy birlashmasi axborot xizmati rahbari Gʻayratjon Mamatqulov “Istemolchilarni himoya qilish” toʻgʻrisidagi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida keng tushuncha berib, qonunning 5-moddasida davlat tiliga katta eʼtibor qaratilganiga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda “Nuqtai Nazar” gazetasi bosh muhariri Temur Yuldashev hozirgi globallashuv davrida “Internetdagi moliyaviy firibgarlik” maʼvzusida maʼruza qildi. Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.