OʻzTTSA “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida, tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ulardagi tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish ishlarini oʻrganish, amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Uchrashuvda agentlik Markaziy apparati, tizim tashkilotlari xodimalari markaziy studiyadan, tizim tashkilotlarining hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin qizlar onlayn tarzda qatnashdilar.
Tadbirda Maʼnaviyat targʻibotchilar guruhi aʼzosi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi, “Shuhrat medali” sohibasi, shoira Farogʻat Xudoyqulova, Hadichai Kubro ayol-qizlar islom bilim yurti direktori, falfasa fanlari boʻyicha falsafa doktori Nozima Ibragimova, “Zulfiya” mukofoti sovrindori, ToshDSHI talabasi Sevara Baxodirovalar ishtirok etib, mavzu doirasida oʻz fikr-mulohazalarini bidirdilar.