OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan hududlarda xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi seminar-trening Samarqand viloyati hududiy tizim tashkilotlari hamkorligida Samarqand shahri va Urgut tumanlarida tashkil etildi. Unda eksportyor korxona, yirik va strategik investisiya loyihalari boʻyicha ishga tushirilgan, mahalliylashtirish dasturi asosida faoliyat yuritayotgan va past quvvatda ishlayotgan korxona vakillari ishtirok etdilar.
Seminar-treningda xorijiy davlatlarda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga qoʻyilgan texnik talablarning mazmun-mohiyati, halqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidat hukumatimiz tomonidan sohasi boʻyicha berilgan imtiyozlari yuzasidan maʼlumotlar berilmoqda.