Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Malayziya davlatining masʼul idoralari hamkorligida mutaxassislar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashda Malayziya tajribasi boʻyicha   ekspertlar tomonidan  bilim va koʻnikmalar berildi.

Shu bilan birga standartlar va muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu sohada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi.

Tadbir yakuniga koʻra, grant dastur orqali mutaxassislar uchun amaliyotlar tashkil etishga, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishib olindi.

 
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi