Sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 292-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 9 yanvaridan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt haftalik (152 soat) malaka oshirish kurslari tashkillashtiradi:
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash;
Yengil sanoat, mebel va o‘yinchoq mahsulotlarini sinash;
Farmatsevtika mahsulotlarini sinash;
Sport snaryadlari, jihozlari va uskunalarini sinash;
Sanoat mahsulotlarini sinash;
Issiqlik texnikaviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash(suyuqlik va gazlar sarfi va hajmi, harorat, bosim).
Ushbu kurslar tayanch va so‘ralgan sohadagi o‘qishlarni o‘z ichiga oladi hamda muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etuvchi mutaxassislarni sertifikatlashtirishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga 2017 yil 9 yanvardan bir haftalik (40 soat) “Muvofiqlikni baholashning qonuniy va normativ-huquqiy asoslari” malaka oshirish kursi o‘tkaziladi.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga o‘rnatilgan namunada serifikat va guvohnoma beriladi.
Kurslarda o‘qish masalalari bo‘yicha SMSITI Malaka oshirish markaziga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: (0371) 250-12-63, 253-85-26, 253-80-81, 250-22-23.