Guliston shahridagi “Hunarmandlar va tadbirkorlar” bogʻida "Made in Uzbekistan” xalqaro sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazma yetakchi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari, xizmat koʻrsatish hamda eksportyor korxonalar mahsulotlari va xizmatlarini oʻzida jamladi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari faol ishtirok etmoqda.
Koʻrgazma ishida Agentlik Bosh direktori D.Sattarov ham ishtirok etib, xizmat koʻrsatish sifati bilan yaqindan tanishdi.