Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Qarshi shahridagi sanoat zonasida yangi tashkil etilayotgan “ALP TEXNO SERVIS” korxonasi masʼul xodimlari bilan uchrashdi.
Unda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlarining texnik koʻrsatgichlari hamda sifatini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida SE markirovkasini joriy qilish, xalqaro standart xarajatlari Eksportni qoʻllab quvvatlash agentligi tomonidan toʻliq qoplab berilishi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilinishi rejalashtirilayotgan Qozogʻizton va Ozarbayjon davlatlari tomonidan elektrotexnika mahsulotlariga qoʻyilgan talablar yetkazilib, soha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.