Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari tomonidan Qarshi shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yurituvchi “UZSHOES” Oʻzbekiston-Belorussiya qoʻshma korxonasi masʼullari va ishchi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda qoʻshma korxona xodimlariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning texnik koʻrsatgichlari hamda sifatini xalqaro darajaga olib chiqish, tashqi koʻrinishi boʻyicha dizayniga eʼtibor berish va xalqaro ISO standartlari asosida sifat menejment tizimlarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar berildi. Ushbu yoʻnalishda korxona ishchi xodimlarini Standartlar instituti tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kurslarida malaka oshirish masalasida amaliy yordam koʻrsatilishiga kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida qoʻshma korxonaning eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida OYEKO-TEX va ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatlarga ehtiyojlari mavjudligini eʼtiborga olib, korxona hujjatlari Eksportni qoʻllab quvvatlash agentligiga taqdim etildi.