Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorati tomonidan amalga oshirilayotgan natijadorlik yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Agentlik tizimida Davlat dasturidagi muhim vazifalar, xususan tadbirkorlikni rivojlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha jamoatchilik oldida hisobot berildi.
Shuningdek, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida shaffoflikni taʼminlash, tizimga axborot texnologiyalarini keng joriy etish yuzasidagi ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Bugungi kunda, agentlik tizimida sodir etilgan qonunbuzarliklar toʻgʻrisida habar berish uchun 5 ta aloqa kanallari tashkil qilingan. Xususan, ishonch telefoni, telegram bot, feysbuk sahifasi, elektron pochta va rasmiy sayt orqali habar berish imkoniyatlari yaratilgan.
Agentlikda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan noqonuniy hatti-harakatlarni oldini olish, korrupsiya xavflarini minimallashtirish maqsadida, 47 ta uchrashuv seminar va davra suhbatlari, umumiy hisobda 62 marotaba targʻibot-tashviqot ishlari, 6 ta nazorat tadbirlari oʻtkazildi, olib borilgan nazorat tadbirlari va koʻrilgan choralar natijasida 9 ta xodimga nisbatan xayfsan, 2 ta xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilish va 13 ta xodimga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi.