Xitoyning xalqaro tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasida bugunning oʻzida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzavtasanoat AJ va muvofiqlikni baholashdagi xususiy sektor mutaxassislari uchun “Elektromobillar sinovi, sertifikatlashtirish, standartlar va davlat nazoratida- Xitoy tajribasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Oʻquv seminarda standartlashtirish va muvofiqlikni baholashdagi Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi ekspertlar tomonidan bilim va koʻnikmalar berildi.

Shu bilan birga elektromobil sohasidagi muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu sohada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi.

Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, Xitoylik ekspertlar tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir yakuniga koʻra, Xitoy tomonidan elektromobillar
va ularning extiyot qismlariga oid standartlarni olishga,Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasida grant dastur orqali mutaxassislar uchun amaliyotlar tashkil etishga, soha yoʻnalishlarda ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi