Aziz va muhtarama opa-singillar!

Buyuk shoir, alloma Mir Alisher Navoiy hazratlarining “Jannat onalarning oyogʻi ostidadir” degan hikmatli soʻzlari zamirida mehribon, muqaddas Ona siymosi koʻz oʻngimizda namoyon boʻlaveradi!

Ayol millat tarbiyachisi boʻlib qolmay, jamiyatimizning turli sohalarida erkaklar bilan yonma-yon turib mehnat qilayotganliklari, ularning chinakam matonat va kuch-gʻayrat sohibasi ekanligidan dalolat beradi. Taʼlim va fan, tibbiyot, iqtisodiyot, sport va boshqa sohalar rivojida muhtarama xotin-qizlarimizning munosib hissalari borligini alohida taʼkidlash joiz.

Ayollarimiz oʻzining onalik mehri, hayotiy bilim va tajribasi bilan yoshlarimizni turli xavf-xatarlardan asrashda, ularni mustahkam irodali, maʼnaviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda fidoiylik koʻrsatib kelmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, yurtimiz ayollarini, xususan Agentlik va uning tizim-tashkilotlarida mehnat qilayotgan opa-singillarimizni bahor va yangilanish bayrami boʻlgan xalqaro-xotin qizlar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Oilalariga tinchlik, totuvlik, farovonlik va sihat-salomatlik tilaymiz.


Dilshod Sattarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori