Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filialida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol goʻzalligi olamni bezaydi” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Maʼrifiy uchrashuvda jamoada mehnat qilayotgan xotin-qizlarga bayram sovgʻalari ulashilib, oilalariga tinchlik-totuvlik, sogʻlik-salomatlik tilab, farzandlar tarbiyasida ularning zimmalarida katta masʼuliyat borligi alohida taʼkidlandi.