Innovatsion rivojlanish vazirligida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi yuzasidan seminar oʻz ishini boshladi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining bir guruh deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasida koʻzda tutilgan normalar hamda uning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Yangi iqtisodiy sharoitda oʻsishga erishishning asosiy vositalaridan biri bu - standartlashtirishdir.
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasida koʻzda tutilgan normalar sifatsiz mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va amaliyotda foydalanilishining oldini oladi, isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlarini himoyalashga, shuningdek fuqarolar, jamiyat va davlatning sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan huquqiy meʼyorlarning samarali ishlashiga asos boʻladi.
Bu esa oʻz navbatida mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnik toʻsiqlarni bartaraf etgan holda, respublika eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozorida oʻz oʻrnini topishiga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, deputatlar Agentlik tizimidagi zamonaviy laboratoriyalarning xalqaro standartlar asosida mahsulot sinovlarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan ham tanishadilar.