Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida kalibrlash xizmatini rivojlantirish yuzasidan geometrik va bosim yoʻnalishlari boʻyicha 5 ta ( Ishchi va namunaviy manometrlar, vakuummetrlar, bosim oʻzgartirgichlari) lari yuzasidan hujjatlar toʻplami akkreditatsiya markazidan ekspertiza xulosalari olindi.
Baholash auditi natijalariga koʻra akkreditatsiya doirasi kengaytiriladi. Shu bilan birga 2 bosqichda kichik hajm oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha joriy yil 2 yarim yillikda akkreditatsiya doirasini kengaytirish va shisha sigʻimlarni kalibrlash ishlarini oʻzlashtirish rejalashtirildi.
Foydalanilishi rejalashtirilgan namunaviy uskunalar “OʻzMMI” ning kalibrlash markazi xodimlari boshchiligida filial xodimlar ishtirokida kalibrlandi va xodimlar malakasi oshirildi. Bosim va geometriya yoʻnalishlarida kalibrlash solishtiruv sinovlari oʻtkazildi. Akkreditatsiya doirasini kengaytirish 2022-yil 2 chorakda rejalashtirildi.
Boʻlimda 8 nafar oliy maʼlumotli qiyoslovchi xodimlar mehnat qiladi. Muntazam ravishda ularga texnik oʻqishlar tashkil etilib, malaka oshirish va tajriba almashish kurslari hamda solishtirish sinovlarini oʻtkazish orqali qiyoslovchilar layoqati baholanib boriladi.