Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali mutaxassislari tomonidan “Lyuks Elegant” Servis va “Chirchiq Stemp” eksportyor korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
Unda mahsulot ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar oʻrganildi. Tadbir davomida korxona vakillariga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, saqlash, tashishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda mahsulotlarni qadoqlanishi va yorliqlanishida maʼlumotlar toʻliq davlat tilida boʻlishi haqida tushuntirishlar berildi.