Ommaviy axborot vositalari xodimlari navbatdagi media-tur davomida Fargʻona tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “VODIY SHOES” va “BAHODIR LOGʻON TEKSTIL” ishlab chiqarish korxonalarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishmoqdalar.
“VODIY SHOES”da poyabzal ishlab chiqarilsa, “BAHODIR LOGʻON TEKSTIL” korxonasi tekstil mahsulotlarini xalqqa yetkazish bilan shugʻullanadi.
Mazkur turda mutaxassislar OAV xodimlariga ishlab chiqarishdagi jarayon hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan korxonalariga koʻrsatayotgan amaliy yordami toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.