OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali mutaxassislari tomonidan Qibray tumanida joylashgan investitsiya loyihalari asosida ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Bio Eco Servis”,“FORTEK” XK“ va CHIRCHIQSELMASH” korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.
Korxonalarda olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari hamda asbob uskonalarni oʻrnatish jarayonlari oʻrganildi. Uchrashuv davomida korxona vakillariga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.