Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi Yunusobod tumani va Toshkent shahar hokimligi eksport shtabi aʼzolari bilan hamkorlikda tumanda eksport faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarning takliflarini oʻrganish, ularning muammolarini tizimli bartaraf etish boʻyicha oʻrganishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan “Godess of trade” va “Oloy non” korxonalariga borib, sohaga oid qarorlarning mazmun mohiyati hamda eksportyor korxonalarga yaratilgan imtiyozlar va preferensiyalar tushuntirildi.