Eksport imkoniyati yanada kengaymoqda.

 

“O‘zstandart” agentligi hamda Belarus Respublikasi Standartlashtirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida ahdlashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandumga asosan endilikda Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz o‘zlarining mahsulotlarini Belarus Respublikasiga eksport qilish imkoniyati yanada kengayadi.

Yurtimiz tadbirkorlari o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan avval, aholi salomatligiga ta’siri, belgilangan me’yoriy hujjat talablariga mos kelishi va eng muhimi mahsulotning xavfsizligi darajasiga e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi.

Memorandumga asosan, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan Belarus Respublikasiga kirib borayotgan import mahsulotlari uchun qo‘yiladigan majburiy talablari to‘g‘risida ma’lumotlar olinib, Belarus Respublikasining sohaga oid qonunchiligi, texnik reglamentlar talablari hamda majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va sertifikatlashtirish tartibotlari o‘rganildi.

Ushbu ma’lumotlar agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz rasmiy veb-saytimizga murajaat qilishingiz mumkin.