Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning  Yevropa va Oʻrta Osiyo mamlakatlari boʻyicha  koordinatori  Mariya Shabalina bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda standartlashtirish sohasidagi islohotlar, Oʻzbekistonda xalqaro  ISO standartlarni joriy etilishi, ISO tashkilotiga aʼzo texnik qoʻmitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, kadrlar tayyorlash, standartlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan  muhim vazifalar koʻrib chiqildi..

ISO  standartlarini joriy etish orqali sifat infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlarni yaratilishiga umid bildirildi.

Tadbir yakunida Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti bilan standartlashtirish sohasida oʻzaro hamkorlikni davom ettirish
va mustahkamlash  yuzasidan kelishib olindi. 

  

                                  
 Xalqaro munosabatlar boshqarmasi