Joriy yilning 15-17-fevral kunlari Buxoro viloyatining shahar va tumanlar hokimliklarida Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Standartlar instituti tomonidan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan eksportchi korxonalar va tadbirkorlik subyektlari bilan seminar treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, korxonalarda barcha xalqaro standartlarni joriy etish - ISO 9001:2015, OEKO TEX 100, GLOBAL GAP va h.k.z. ularni xalqaro sertifikatlar bilan taʼminlanishidagi harajatlar Investitsiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tomonidan qoplab berilishi muhim ahamiyatga ega.

Mazkur seminar treningda ishtirok etib oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob oling va xalqaro sertifikatni joriy etish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotga ega boʻling.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

91-414-72-47

98-774-99-31

90-612-13-21