Agentlik huzuridagi departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nozarati markazi, va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari maʼsullari viloyatdagi “Samarqand Apparel”korxonasida boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.
Maʼsullar tomonidan, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tegishli meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlandi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish va sifat menejmenti tizimini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish yoʻnalishlari yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.