Turk Standartlari Instituti (TSE) bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solishda davlat nazorati mexanizmlari boʻyicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga olish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilinishinida Turkiya va Oʻzbekiston tajribalari, Turkiyadan sohaga malakali ekspertlarni jalb etish masalalarida fikr almashildi.
Tadbirda Turk Standartlari Instituti Oʻzbekistondagi vakili Kurshat YILMAZ ham ishtirok etdi. Kurshat YILMAZ bilan milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, soha yoʻnalishlarida Turkiya va Yevropa tajribasini oʻrganish, hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi.