Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov va Qozogʻiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qoʻmitasi raisi Abenov Arman Dauletovich oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, akkreditatsiya, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish masalalari koʻrib chiqildi.

Tadbir natijasiga koʻra, ishchi guruh tomonidan ikki davlatning texnik reglamentlari va milliy standart talablariga javob beradigan mahsulotlar va muvofiqlikni baholash idoralar roʻyxatini tayyorlash, shuningdek ikki davlatning standartlashtrish va metrologiya institutlari, akrreditatsiya markazlari oʻrtasida aloqalarni kuchaytirish, kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.


Xalqaro munosabatlar boshqarmasi